Mustaqillikning 35 yilligi oldidan Sport vazirligida sohadagi dolzarb masalalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi oldidan oʻtkazilgan yigʻilishda Sport vaziri o‘z nutqida dunyodagi barcha mamlakatlar, xususan Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli va mustahkam hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini ta’kidlab, Davlatimiz rahbari tomonidan yurtimizda amalga oshirilayotgan tinchlikparvar siyosat, xalqimiz uchun yaratilayotgan osoyishta va farovon hayot, dorilomon kunlarga shukronalik tuyg‘usi haqida so‘z yuritdi.
Yig‘ilishda mamlakatimizda Mustaqillik bayramini yuqori saviyada nishonlash bilan bog'liq bayram tadbirlarida sport sohasi xodimlarining faol ishtirokini ta'minlash, tizim oldida turgan muhim vazifalar muhokama qilindi.
Xususan, sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, yirik sport inshootlaridan samarali foydalanish hamda sportchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilishda Olimpiya shaharchasida "Prezident olimpiadasi" sport musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish, shuningdek, XX osiyo va V paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilarining munosib ishtirokini ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko'rildi. Xususan, "Olimpiya shaharchasi obyektlaridan foydalanish direksiyasi" DM rahbari etib Abror Mamadaliyev, shunigdek, Respublika olimpiya va paralimpiya markazi rahbari etib Akrom Nizametdinov tayinlangani ma’lum qilindi.
Ularga zimmasiga yuklatilgan mas'uliyatli vazifalarni amalga oshirish, sport obyektlarining samarali faoliyatini ta’minlash, respublikadagi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube