Global iqlim o‘zgarishi sharoitida suv va ekologiya masalalari yanada… — 🏆CHOPSTTM — TG.ME

Global iqlim o‘zgarishi sharoitida suv va ekologiya masalalari yanada dolzarb bo‘lib borayotgani qayd etildi.

To‘rtinchi milliy dastur suv va tabiatga munosabatni tubdan o‘zgartirishga qaratiladi.

Kelgusi besh yilda ekin maydonlarida suv tejaydigan texnologiyalarning qamrovi 100 foizga yetkaziladi.

Tabiatga munosabat – xalqning madaniyati, davlatning mas’uliyati va taraqqiyotning sifat ko‘rsatkichidir. “Yashil makon” umummilliy harakatini yangi sifat bosqichiga olib chiqamiz,

– dedi Prezidentimiz.

Maktab, bog‘cha, shifoxona va ko‘p qavatli uylar atrofidagi yashil hududlar jamiyatning daxlsiz boyligi sifatida muhofaza qilinadi.

Yaqin yillarda tuman va shahar markazlarida yashillik ko‘lami 30 foizga yetkaziladi.

Facebook
|Instagram|X
August 29, 2026 49