– Yangi davrda zamonaviy uy-joyga ega bo‘lgan 650 mingdan ziyod oilaning quvonchini so‘z bilan ta’riflab bo‘ladimi?
– dedi davlatimiz rahbari.
Minglab mahallalarimizga Yangi O‘zbekiston qiyofasi kirib borayotgani ta’kidlandi.
Kambag‘allik masalasi ochiq tan olinib, uni keskin qisqartirish bo‘yicha Yangi O‘zbekiston tajribasi yaratildi.
Ehtiyojmand oilalarning daromadi, kasbi, salomatligi, farzandlarining ta’lim olishi va yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha “mahallabay” ishlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Izchil sa’y-harakatlar tufayli kambag‘allik darajasi 2017-yildagi 35 foizdan 4 foizga tushirildi.
Ushbu raqamlar zamirida ro‘zg‘origa baraka kirib, turmush sifati yaxshilangan 10 million insonning quvonchi va shukronalik tuyg‘ulari mujassam ekani qayd etildi.
Facebook|Instagram|X
