koʻp_berilayotgan_savollar 1. IC3 GS6 savollari har qanchada… — Certiport Uzbekistan — TG.ME

#koʻp_berilayotgan_savollar

1. IC3 GS6 savollari har qanchada almashadi?

— GS6 savollar bazasi har 1,5-2 oyda kengayib boradi, buni Certiport (Pearson VUE) boshqaradi.

2. Savollarni Edu-Action ishlab chiqadimi?
— IC3 Digital Literacy imtihonlari Certiport (Pearson VUE) tashkilotiga tegishli bo‘lib, to‘liq ular tomonidan ishlab chiqilgan va boshqariladi. Savollarni tuzish metodikasi, ularning soni, mazmuni, murakkablik darajasi, baholash mezonlari hamda boshqa barcha tegishli jihatlar ham to‘liq va mutlaq ravishda ushbu tashkilot vakolatiga kiradi. Edu-Action test markazi esa imtihon jarayonini tashkil etish va o‘tkazish uchun mas’ul hisoblanadi.

3. Men imtihondan oʻta olmadim, endi nima qilishim kerak?
— 700 dan past ball olingan levelni faqatgina 21 kundan keyin topshirish mumkin. Yangi sanaga roʻyxatdan oʻtayotganda nomzod buni inobatga olishi soʻraladi.

4. Imtihonga bora olmadim, toʻlovimni qaytarib berasizlarmi?
— Afsuski, yoʻq. Toʻlovni qaytarish uchun imtihondan kamida 14 kun oldin administratorga murojaat qilish kerak (murojaat yozilgan sana hisobga olinadi). Soʻng sizga ariza blanki yuboriladi, uni toʻldirib, qayta yuborganingizdan keyin 10 ish kuni ichida toʻlovingiz qaytariladi (15% maʼmuriy toʻlov ushlab qolinadi).

5. Oxirgi uchinchi levelimdan yiqildim, lekin 6 kundan keyin yana bitta oʻrnim bor, toʻlov qilib qoʻyganman, kelsam boʻladimi?
— Yoʻq, kelganingiz bilan imtihon topshira olmaysiz. Bunday holatda administratorga yozib qoʻying va sizni 21 kundan keyingi sanaga avtomatik yozib qoʻyadi.

6. Rus tilida imtihon topshirish qachondan ochiladi?
— Yaqin orada bu haqida kanalda eʼlon beriladi.

@certiport_uz
👍66❤41👏7🤔7
May 4, 2026 39K 261