IC3 imtihoni boʻyicha navbatdagi imtihonlar. Xabarni oxirigacha… — Certiport Uzbekistan — TG.ME

⚡️ IC3 imtihoni boʻyicha navbatdagi imtihonlar. Xabarni oxirigacha oʻqing!

❶ Shu hafta davomida IC3 Digital Literacy boʻyicha yangi imtihon sanalari eʼlon qilinadi va roʻyxatdan oʻtish boʻyicha maʼlumot beriladi.

❷ Imtihon savollari toʻplami (ingliz va rus tillarida) kengayganini maʼlum qilamiz va shuni eslatib oʻtamizki, savollar Certiport AQSh (Pearson VUE) tomonidan har 1,5-2 oyda muntazam ravishda kengaytirib va yangilab boriladi. Taʼkidlash joizki, imtihon savollari tegishli Objective Domains kesimida shakllantiriladi.

Muhim eslatma: uchala level bir tilda topshirilishi shart.

❸ Yangi qoidalarga muvofiq, nomzod imtihonni roʻyxatdan oʻtish jarayonida oʻzi tanlagan LEVEL va TIL boʻyicha topshirishi shart. Roʻyxatdan oʻtish yakunlanib, toʻlov amalga oshirilganidan soʻng, tanlangan level, imtihon tili, sana va kirish vaqtini oʻzgartirish imkoni bo‘lmaydi.

❗️ Nomzod imtihonga aynan oʻzi tanlagan vaqtda kirishi shart — imtihonga kechikish va har qanday qoida buzilishi imtihon joyining bekor qilinishiga va toʻlovning kuyishiga olib keladi.

Shu sababli, roʻyxatdan oʻtish vaqtida barcha ma’lumotlarni diqqat bilan toʻldirishingizni soʻraymiz. Keyinchalik ma’lumotlarni oʻzgartirish imkoniyati umuman mavjud emas. Iltimos, buni qat’iy e’tiborga oling.

21 kunli limit oʻz kuchida qoladi — nomzod birorta leveldan past ball olsa, uni 21 kun oʻtganidan keyingina topshira oladi.

❹ Administratorga “Roʻyxatdan oʻtish qachon ochiladi?” mazmunidagi xabarlarni, shuningdek “roʻyxatdan oʻtkazib bering”, “ma’lumotlarimni saytga kiritib bering”, “levelimni yoki shahrimni oʻzgartirib bering” kabi murojaatlarni yubormasligingizni soʻraymiz.

Bunday murojaatlar sonining ortib borayotgani sababli, muhim masalalar yuzasidan yozayotgan nomzodlarga oʻz vaqtida javob berishda kechikishlar kuzatilmoqda.

Mazkur turdagi savollar javobsiz qoldiriladi. Roʻyxatdan oʻtish sanalari va barcha muhim ma’lumotlar rasmiy Telegram manbalarimiz orqali e’lon qilinadi.

@certiport_uz
👍134❤96🤔39👏9🤝8🎉1😍1
June 8, 2026 32K 458