Hurmatli kanal kuzatuvchilari! 16-iyun kuni soat 14:00-16:00… — Certiport Uzbekistan — TG.ME

⚡️ Hurmatli kanal kuzatuvchilari!

16-iyun kuni soat 14:00-16:00 oraligʻida IC3 Digital Literacy GS6 imtihonining yangi sanalariga roʻyxatdan oʻtish ochiladi.

❗️ Roʻyxatdan oʻtishdan avval quyidagi barcha maʼlumotni diqqatlik bilan oʻqing, bu juda muhim:

❶ Roʻyxatdan oʻtish certiport.uz/uz/register sayti orqali amalga oshiriladi — JSHSHIR (PINFL), pasport seriyasi, telefon raqami va faol elektron pochta manzilini oldindan tayyor qilib qoʻyish soʻraladi.

❷ Imtihon savollari toʻplami (ingliz va rus tillarida) kengayganini maʼlum qilamiz va shuni eslatib oʻtamizki, savollar Certiport AQSh (Pearson VUE) tomonidan har 1,5-2 oyda muntazam ravishda kengaytirib va yangilab boriladi. Taʼkidlash joizki, imtihon savollari tegishli Objective Domains kesimida shakllantiriladi.

Muhim eslatma: uchala level bir tilda topshirilishi shart.

❸ Yangi qoidalarga muvofiq, nomzod imtihonni roʻyxatdan oʻtish jarayonida oʻzi tanlagan LEVEL va TIL boʻyicha topshirishi shart. Roʻyxatdan oʻtish yakunlanib, toʻlov amalga oshirilganidan soʻng, tanlangan level, imtihon tili, sana va kirish vaqtini oʻzgartirish imkoni bo‘lmaydi.

❗️ Nomzod imtihonga aynan oʻzi tanlagan vaqtda kirishi shart — imtihonga kechikish va har qanday qoida buzilishi imtihon joyining bekor qilinishiga va toʻlovning kuyishiga olib keladi.

Shu sababli, roʻyxatdan oʻtish vaqtida barcha ma’lumotlarni diqqat bilan toʻldirishingizni soʻraymiz. Keyinchalik ma’lumotlarni oʻzgartirish imkoniyati umuman mavjud emas. Iltimos, buni qat’iy e’tiborga oling.

⚜️Roʻyxatdan keragidan koʻp marta oʻtgan nomzodlar arizasi oʻchiriladi — boshqalarning oʻrnini band qilmang!

21 kunli limit oʻz kuchida qoladi — nomzod birorta leveldan past ball olsa, uni 21 kun oʻtganidan keyingina topshira oladi. Buni inobatga olmasdan roʻyxatdan oʻtganlar imtihonga qoʻyilmaydi va toʻlovi qaytarilmaydi.

❹ Roʻyxatdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga 4 yoki 5 xonali soʻrov ID raqami va toʻlovni amalga oshirish uchun havola beriladi. Shu sahifani rasmga oling va ID raqamni saqlab qoʻying. Pochtangizni toʻgʻri kiritgan boʻlsangiz soʻrov ID raqami va imtihonga doir boshqa maʼlumotlar u yerga ham yuboriladi. U yerda maxsus Telegram kanaliga ham havola berilgan boʻladi, unga ulanib qoʻyish ham juda muhim — imtihonga doir tezkor va muhim xabarlar aynan oʻsha kanalda eʼlon qilinadi.

Toʻlovni roʻyxatdan oʻtganingizdan soʻng 24 soat ichida amalga oshirish soʻraladi, aks holda ariza avtomatik ravishda oʻchiriladi. Toʻlov chekini administratorga yubormang.

@certiport_uz
👍129❤77🤔16👏12🎉9💯6🤝6
June 14, 2026 42.2K 2.4K