Yangiliklar #Fotolavha #Xalqaro_aloqalar Shajarashunoslikdan yuksak… — bukhari.uz — TG.ME

#Yangiliklar #Fotolavha #Xalqaro_aloqalar

Shajarashunoslikdan yuksak ilm sari: Maxdumi Aʼzam avlodlari izidan

Yaponiyaning Tokio universiteti dotsenti, tarixshunos olim Yayoi Kavahara Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan hamkorlikda “Maxdumi Aʼzam Dahbediy va uning avlodlari: shajara va silsila” mavzusida qoʻshma ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurdi.

Izlanishlar doirasida olima Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari hududidagi Maxdumi Aʼzam Dahbediy va uning avlodlari bilan bogʻliq muqaddas ziyoratgohlar, maqbara va madaniy meros obyektlari bilan yaqindan tanishdi. Mazkur maskanlarda saqlanib kelayotgan epigrafik yodgorliklar – qabr toshlardagi qadimiy bitiklar tahlil etilib, ularda aks etgan maʼlumotlar islom tarixi, ilm-fan va maʼnaviyat taraqqiyotining yuksak namunasi sifatida baholandi...

Batafsil:
👉 bukhari.uz/?p=44609&lang=oz

📝 Кирилл алифбосида ўқинг

Yaqinlaringizga ulashing!
✅️https://t.me/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35
🫥https://taplink.cc/bukhariuz
👍5✍1🤝1
August 18, 2025 817 7