Maqolalar #Raddiya OVOZLARNING QAYSISI HAQIQATNIKI? Bugun axborot… — bukhari.uz — TG.ME

#Maqolalar #Raddiya

OVOZLARNING QAYSISI HAQIQATNIKI?


Bugun axborot olish uchun uzoqqa borish shart emas. Telefonni qoʻlga oldikmi, istagan mavzu boʻyicha yuzlab videolar, minglab fikrlar zumda koʻz oʻngimizda paydo boʻladi. Bu – zamonning ulkan imkoniyati. Biroq har qanday imkoniyat kabi buning ham oʻz masʼuliyati bor. Chunki inson qabul qilayotgan har bir maʼlumot uning dunyoqarashi, fikrlashi va hatto hayotga munosabatiga taʼsir qiladi.

Bu holat ayniqsa din bilan bogʻliq masalalarda yanada muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, eʼtiqod inson qalbidagi eng nozik va eng muqaddas tuygʻulardan biridir. Uni shakllantirishda shoshqaloqlik ham, beparvolik ham yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Chunki din haqidagi notoʻgʻri tushuncha baʼzan bir insonning emas, oilaning, hatto jamiyatning qarashlariga taʼsir qilishi mumkin.

Keyingi paytlarda islom aqidasini notoʻgʻri talqin qilayotgan, koʻpgina yoshlarni buzuq gʻoyalarga chorlayotgan oqimlarning taʼsiri Markaziy Osiyo mintaqasida ham sezilyapti. Ularning voizlari oʻzini din bilimdoni sifatida koʻrsatib, taʼsirchan nutq, balandparvoz chaqiriq yoki hissiyotga taʼsir qiluvchi iboralar bilan odamlarni oʻziga ergashtirishga harakat qiladi. Bunday holatlarda diniy bilimni endigina oʻrganayotgan yoshlar oʻsha gaplarni haqiqat deb qabul qilishi ehtimoldan xoli emas...

Batafsil:
👉 bukhari.uz/?p=52288&lang=oz

📝 Кирилл алифбосида ўқинг

Yaqinlaringizga ulashing!
✅️Telegram|✅️Facebook|✅️Instagram|✅️OK|YouTube|X
👍29🔥17👏13✍2🤝2
September 3, 2026 1.1K 1