xushxabar #taqdirlov #muftiy #fatvo 🔺Xushxabar: Muftiy hazratlari… — bukhari.uz — TG.ME

#xushxabar
#taqdirlov
#muftiy
#fatvo


🔺Xushxabar: Muftiy hazratlari “Fatvo sohasidagi yuksak xizmatlari uchun” xalqaro mukofoti bilan taqdirlandilar

🇺🇿 O‘zbekiston — asrlar davomida islom sivilizatsiyasining yirik markazlaridan biri bo‘lib kelgan zamin. Movarounnahrdan yetishib chiqqan buyuk allomalar islom ilmlari, xususan, hadis, fiqh, tafsir va aqida ilmlarining rivojiga beqiyos hissa qo‘shganlar. Ularning ilmiy merosi bugun ham butun musulmon olamida yuksak qadrlanadi.

🔸 Bugungi kunda esa ana shu buyuk ilmiy-ma’rifiy an’analar yangi bosqichda davom ettirilmoqda. Muhtaram Prezidentimiz boshchiliklarida diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida yurtimizda ajdodlarimizning boy ilmiy merosini o‘rganish va targ‘ib etish, zamonaviy diniy ta’limni rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyatda ma’rifat va bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🔺 Bu ezgu sa’y-harakatlar O‘zbekistonning tarixiy ilmiy-ma’rifiy salohiyatini qayta namoyon etib, yurtimizning Uchinchi Renessans sari dadil qadam tashlashiga xizmat qilmoqda. Shu jihatdan, mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan yangilanishlar nafaqat milliy, balki xalqaro miqyosda ham e’tirof etilmoqda.

🔹 Ana shunday yuksak e’tirofning yana bir yorqin ifodasi sifatida, Misr Arab Respublikasining poytaxti Qohira shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro anjumanning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari “Fatvo sohasidagi yuksak xizmatlari uchun” xalqaro mukofoti bilan taqdirlandilar.

🔻 Mazkur nufuzli mukofot Muftiy hazratlarining islom ma’rifatini keng yoyish, mo‘tadil va bag‘rikeng diniy qarashlarni targ‘ib etish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy fatvo faoliyatini rivojlantirish borasidagi ko‘p yillik samarali va fidokorona mehnatlarining xalqaro miqyosdagi e’tirofi bo‘ldi.


🔹 Yuksak mukofotni Misr Arab Respublikasi Bosh muftiysi, Butunjahon fatvo idoralari va hay’atlar Bosh kotibiyati raisi professor Nazir Muhammad Ayyod, Misr Vaqflar vaziri doktor Usoma al-Azhariy hamda Xalqaro Islom Fiqhi Akademiyasi Bosh kotibi doktor Qutb Mustafo Sano tantanali ravishda topshirdilar.

🔸 Taqdirlash marosimida so‘zga chiqqanlar O‘zbekistonda Prezident Sh.Mirziyoyev tomonlaridan diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholab, Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining islom ilmlarini rivojlantirish, ma’rifatni keng targ‘ib qilish, ilmiy merosni asrab-avaylash va zamonaviy fatvo faoliyatini takomillashtirish yo‘lidagi xizmatlarini alohida e’tirof etdilar.


📹 Taqdirlash marosimi davomida turli mamlakatlardan tashrif buyurgan 500 nafardan ziyod anjuman ishtirokchilariga O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar hamda Muftiy hazratlarining ko‘p qirrali faoliyatiga bag‘ishlangan Misr tomonidan tayyorlangan maxsus videorolik namoyish etildi.

🔺 Unda O‘zbekistonning qadimdan islom sivilizatsiyasi, ilm-fan va ma’rifatning yirik markazlaridan biri bo‘lib kelgani, bugungi kunda esa mamlakatimizda ajdodlarimizning buyuk ilmiy merosini davom ettirish va yangi ilmiy-ma’rifiy yuksalish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, shuningdek O'zbekistonning yana islom sivilizatsiyasi markaziga aylanayotgani keng yoritildi.

🔸 Shuningdek, videorolikka bugungi islohotlarning amaliy natijalari, nufuzli xalqaro tadbirlar, diniy-ma’rifiy markazlar faoliyati, Fatvo markazining ishga tushirilishi, mo‘’tadillik va bag‘rikenglik tamoyillarini targ‘ib etish borasidagi tashabbuslar hamda Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining bu boradagi faoliyati ham kiritildi.


Yaqinlaringizga ulashing!
✅️Telegram|✅️Facebook|✅️Instagram|✅️OK|YouTube|X
👏5🔥2🤝2
September 3, 2026 1.1K 1