Buyuk Britaniyada O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichida… — Boshqaruv samaradorligi agentligi — TG.ME

Buyuk Britaniyada O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichida vatandoshlar bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Buyuk Britaniyada istiqomat qilayotgan vatandoshlar ishtirokida forum bo‘lib o‘tdi.Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Boshqaruv samaradorligi agentligi, elchixona, Soliq qo‘mitasi, Toshkent shahar, Namangan va Buxoro viloyatlari hokimliklari mas’ullari ishtirok etdi.

Forum davomida O‘zbekistonda davlat organlari faoliyatini natijaga asoslangan boshqaruv tamoyillari asosida tashkil etish, boshqaruv samaradorligini oshirish, hududlarning mavjud salohiyati va yangi o‘sish nuqtalarini aniqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi. Vatandoshlar tomonidan Forum doirasida bir qator tashabbuslar bildirildi.

Jumladan:

▫️Namangan, Buxoro va boshqa viloyatlarda 6 ta kichik GES, Bektemirda maishiy akkumulyator ishlab chiqarish va Buxoro shahrida mehmonxona qurish;

▫️Namangan va Buxoroda noturar joy binolarini qurish uchun investitsiyalarni kiritish;

▫️Integratsiyalashgan dasturlar oliy maktabida Britaniya akademik standartlari asosida Tibbiyot maktabini tashkil etish hamda uning Namangan filialini ochish;

▫️Jomboy tumanida Britaniya modeli asosida zamonaviy ko‘ngilochar bog‘ va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil etish;

▫️Samarqand tumanida zamonaviy chorvachilik kompleksini tashkil etish;

▫️Tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markaziga BAAda faoliyat yurituvchi investorlarni jalb qilish hamda ular uchun xalqaro darajadagi iqtisodchi va huquqshunoslar tayyorlash;

▫️Tashkil etilayotgan Tibbiyot maktabida Britaniya standartlari asosida klinik farmakolog yo‘nalishida fakultetni ochish;

▫️Urug‘larni elektromagnit usulda qayta ishlash (bioshit) orqali unuvchanligi va o‘sish samaradorligini oshirish bo‘yicha innovatsion agrotexnologiya pilot loyihani Namanganda amalga oshirish;

▫️“APMG International” tashkiloti bilan DXSh yo‘nalishida milliy dastur ishlab chiqib, soha mutaxassislari uchun Buyuk Britaniyada malaka oshirish kurslarini tashkil etish;

▫️Xorijda o‘qishni istagan talabalar uchun sun’iy intellekt asosida ishlaydigan “Enrola AI” raqamli platformasini Agentlik bilan birgalikda joriy etish;

▫️London iqtisodiyot maktabi bilan birgalikda Soliq oliy maktabida “yashirin iqtisodiyot” fakultetini ochish hamda 20 nafar mutaxassisni Buyuk Britaniyaning tashkilotlariga stajirovkaga yuborishni tashkil etish;

▫️Rahbar kadrlarning samaradorligini baholash yo‘nalishida Britaniya modeli asosida KPI metodologiyasini ishlab chiqish va joriy qilish;

▫️Britaniya me’morlarining Qirollik instituti bilan arxitektorlar uchun maxsus o‘quv dasturlarini tashkil etish.

Forumda bildirilgan taklif va tashabbuslar davlat organlari, hududlar va xorijdagi vatandoshlar o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, mavjud intellektual va investitsion salohiyatni O‘zbekiston manfaatlari yo‘lida birlashtirish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.

Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa
August 31, 2026 3.7K 13