Davlat xizmati uchun xalqaro ta’lim: Imperial College London bilan… — Boshqaruv samaradorligi agentligi — TG.ME

Davlat xizmati uchun xalqaro ta’lim: Imperial College London bilan hamkorlik kengayadi

Ishchi guruhning Angliyaga xizmat safari doirasida Imperial College London universiteti xalqaro hamkorlik bo‘yicha direktori Frank Dalson bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, Imperial College London — dunyoning yetakchi ilmiy-tadqiqot universitetlaridan biri bo‘lib, 1907-yilda Londonda tashkil etilgan.

Universitet “QS” reytingida jahonda TOP-2, Buyuk Britaniya va Yevropada TOP-1 o‘rinni egallaydi.

Universitetning asosiy yo‘nalishlari — sun’iy intellekt va ma’lumotlar tahlili, muhandislik, kiberxavfsizlik, robototexnika, energetika, tibbiyot va sog‘liqni saqlash, matematika va fizika, shuningdek, innovatsiyalar va biznes boshqaruvi.


👍 Muloqot davomida hamkorlikning quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi:

▫️joriy yil yakuniga qadar 30 nafar davlat xizmatchisini sun’iy intellekt, muhandislik, elektrotexnika va tog‘-kon yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus o‘quv dasturlariga yuborish;

▫️Yangi Toshkent shahrida Imperial College London filialini ochish hamda davlat xizmatchilarini tayyorlash markazini tashkil etish.


Qayd etilgan masalalarni amalga oshirish maqsadida tomonlar o‘rtasida qo‘shma ishchi guruhi tuziladi hamda tegishli “chora-tadbirlar” dasturi ishlab chiqiladi.

Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa
September 2, 2026 5K 13