Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamkorligida o‘tkazilgan “Istiqbolli davlat xizmatchisi” tanlovi yakunlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi A. T. Orinbayev, Boshqaruv samaradorligi agentligi direktori o‘rinbosari A. A. Salixov, tanlov ishtirokchilari, OAV vakillari qatnashgan tadbirda tanlov natijalari e’lon qilinib, g'oliblar taqdirlandi.
Ma'lumot uchun, tanlov 5 bosqichda tashkil etildi.
1-bosqich – ishtirokchilarni malaka talablariga mosligini aniqlash va saralash;
2-bosqich – sohaviy va boshqaruvga oid bilim va ko'nikmalarini baholash;
3-bosqich – “Case-study” metodikasi asosida nomzodlarning muammoli vaziyatlarda vaziyatni o‘rganib baholashi, tahlil qilishi, xavf-xatarlarni aniqlashi, ularga huquqiy yechimlarni belgilashi va mustaqil fikrlashini baholash;
4-bosqich – chorak final bo'lib, uchinchi bosqichda yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilarning xorijiy tillarni bilish ko‘nikmalari baholandi;
5 bosqich – yakuniy suhbat bosqichi. Unda chorak finalda yuqori natijalar ko'rsatgan ishtirokchilarning liderlik, samarali boshqaruv, natijadorlik kabi yo'nalishlardagi kompetensiyalari baholandi.
1-o‘rin — Prenov Amangeldi Barlikbayevich,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari
Aldabergenov Isatay Maratovich,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi Qonunchilik sho‘basi boshlig‘i
2-o‘rin — Umarov Botir Komiljonovich,
Xo‘jayli tumani "Jayxun" mahallasi yoshlar yetakchisi
3-o‘rin — Allashukurov Nuriddin Kalbayevich,
Taxiatosh tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi
Yangi makon MFYda ijtimoiy xizmatlar ko'rsatuvchi xodim.
Shuningdek, sohaviy nominatsiyalar bo‘yicha quyidagi ishtirokchilar g‘olib deb topildi:
Davlat va jamiyat boshqaruvi — Saxiyev Aydarali Maxambetaliyevich, Mo'ynoq tumani «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi direktori
Inson resurslarini boshqarish — Muratbayev Islam Jalgasbayevich, Nukus shahri "Jipek joli" MFY yoshlar yetakchisi
Axborot kommunikatsiyalari va texnologiyalari — Yesbergenov Aziz Rustamovich, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘larini jalb qilish va donorlar bilan ishlash markazi bosh mutaxassisi
Ta’lim sohasi — Kulmanova Gulmira Batirbayevna, Xo‘jayli agroiqtisodiyot kolleji ingliz tili fani o‘qituvchisi
Moliya-iqtisodiyot sohasi — Turkmenbayev Nurbek Saatbayevich , Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat soliq boshqarmasi davlat soliq katta inspektori
Arxitektura va qurilish sohasi — Aitbayev Kabilbek Baxitbekovich, Qurilish sohasida nazorat bo‘yicha hududiy inspeksiya boshlig‘i
Qishloq va suv xo‘jaligi — Sherbayev Rinat Tauyekelovich, O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – bosh agronom
Investitsiya va turizm — Sadullayeva Dilnoza Aybekovna, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasining PR, marketing tadqiqotlari, xalqaro aloqalar va reytinglar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassisi
Ekologiya va "Yashil iqtisodiyot" — Polatov Ajiniyaz Paraxat uli, Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘yicha bosh mutaxassisi
Sog‘liqni saqlash sohasi — Kayrullayeva Aygerim Raxat qizi, Kegeyli tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi epidemiolog shifokori.
Tanlov g‘oliblariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalliy byudjeti hisobidan bir martalik pul mukofoti va Jo‘qorg‘i Kengesning Faxriy yorliqlari topshirildi.
Tanlovning barcha bosqichlarida yuqori natija ko‘rsatgan 100 nafar iqtidorli kadrlardan iborat TOP-100 ro‘yxati tasdiqlandi.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa






