Texnik nosozlik sabab ayrim foydalanuvchilarning login va parol ma’lumotlari o‘chib ketgan edi. Shu sababli platformani qisqa muddatga qayta ishlashga to‘g‘ri keldi.
Muammo hal qilindi, xavfsizlik tizimimiz ham kuchaytirildi.
Endi bemalol qaytadan ro‘yxatdan o‘tib, BridgIn’dan foydalanishingiz mumkin.
Bu qisqa tanaffus bekorga emas edi — platformani yanada barqaror va xavfsiz qilish ustida ishladik. Yaqin kunlarda sizni bir nechta yangi yangiliklar kutmoqda.
Biz qaytdik. Va bu hali boshlanishi. 🚀
BridgIn jamoasi
📢 Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram | Instagram









