Bridgin.uz: post #70 — TG.ME

Forwarded fromHAHamza Ilhom
Bir kuni qo’shnisi Nasriddin Afandining oldiga kelib:
— Afandi, eshagingizni bir kunga berib turing, — debdi.

Afandi esa:
— Kechirasiz, eshagim uyda yo’q, — deb javob beribdi.

Shu payt uyning ichkarisidan eshakning hangragan ovozi eshitilibdi.

Qo’shnisi hayron bo’lib:
— Afandi, meni aldayapsizmi? Axir eshagingiz uydaku! — desa,

Afandi kulib:
Qiziq odam ekansiz! Menga ishona sizmi yoki eshakning gapigami? — degan ekan.

Bu kulgili latifaning ortida chuqur haqiqat yashiringan.
So’z bilan ko’p narsani aytish mumkin. Da’volar ham ko’p bo’lishi mumkin. Ammo haqiqatni oxir-oqibat natija ko’rsatadi.

Mahsulotni reklama emas, foydalanuvchilar baholaydi.
G’oyani emas, ijroni vaqt sinaydi.

Shuning uchun biz bahsga emas, mahsulot yaratishga vaqt sarflashni afzal bilamiz.

Qolganiga esa vaqt hakam.
🚀

— BridgIn jamoasi
💯🤝: https://bridgin.uz

💙Bizni kuzatishda davom eting!
🔈Telegram | Instagram
🥃5⭐5🏆4🔥2
July 12, 2026 110 1