Bo’lajak marketolog: post #159 — TG.ME

TikTok: yangi kanal, kutilmagan auditoriya

Bir oy oldin "TikTokda livestream orqali sotsa bo'ladi" deyishganida ishonmagan edim. Bizning auditoriyamiz Instagram va Telegramda deb o'ylardim, TikTok esa ko'ngilochar kontent uchun, deb.

Lekin sinab ko'rdik — natija bor.

Avvalambor, nega TikTok ishladi:

— Instagramda jonli efir qilsam, faqat obunachilarim ko'radi (har holda oldin shunday edi)
— TikTokda esa stream begona auditoriyaga ham chiqib turadi — kontent qiziqarli bo'lsa, Tiktok tarqatadi
— Ya'ni, butunlay yangi, hali bizga ulanmagan odamlarga chiqish imkoniyati va shu sababli bu uzoq muddatda alohida kanal sifatida rivojlantirishga arziydi.

Shuning uchun 1 haftalik kontent reja tuzildi. Masalan:

— Moshinalarni test-drive qilish, sotuv menejeri bilan jonli efirda
— Qanday zaryadlash turlari bor
— Showroom bo'ylab tur
— Barcha modellar narxlari

Maqsad — tomosha qilgan odamga "arzigulik" bo'lsin, keyin esa qiziqqanlarni CRM'ga olib, call center orqali ishlov berish.

7 kunlik natija:

Ko'rishlar: 5 700
Lidlar: 89
Sotilgan mashinalar soni: 2

Yana bir necha hafta davom ettirib, natijalari bilan bo'lishaman.
🔥10👍8❤3
June 30, 2026 1.2K 7