🎯 Xitoy endi nafaqat mashinalari, balki reklamasi bilan ham internetni portlatmoqda
Voyah (Dongfeng) Shumaxerning 16 yillik mashhur Mercedes-Benz tunnel trukini deyarli 1:1 nusxa ko'chirdi — hatto bosh direktor darajasida buni yashirmadi, aksincha ochiq "bu o'sha reklamaga hurmat" deb e'lon qildi.
Natija?
Ushbu tryuk ko'plab muhokamalarga sabab bo'ldi va Internet olami ikkiga bo'lindi: bir qism "zo'r qilingan" desa, boshqasi darrov "tunnel moslashtirilgan, soxta" deb shubha bildira boshladi.
Va aynan shu shubha — Voyah'ga foyda berdi:
• Mercedes-Benz tryuki hammani esida bor — auditoriyaga hech narsani tushuntirish shart emas, taqqoslash o'z-o'zidan ishlaydi
• "Soxta emasmi?" degan shubha — bu bepul ikkinchi to'lqin content. Voyah buni kutib turgandek, lansing kunida to'liq kesilmagan videoni chiqarib, muhokamani yana qizdirdi
Natijada bitta g'oya — ikkita yangilik sikli, minglab muhokama, organik qamrov.
@bolajak_marketer
4
3
1August 17, 2026 370 1 1