Marketolog degani — Instagram lentasiga bir xil stilda chiroyli "oblojka" qo'yadigan odam emas. Marketolog — bozorni o'qiy oladigan odam. Va bozorni o'qish uchun statistika eng asosiy qirol.
📊 Keling birgalikda moshinalar bozorini ozgina o'rganib chiqamiz.
1. 2026-yil yanvardan iyungacha, ya'ni 6 oy davomida 175 374ta avtomobil sotilgan ekan.
2. Chevrolet — 136 072 ta avtomobil, bozorning deyarli 80%. Katta raqam, to'g'rimi? Lekin buni faqat "bugungi kun" fotosurati deb qaramaslik kerak. Agar o'tgan yillar ulushini eslasak (90%+) — Chevrolet ulushi asta-sekin pasayib boryapti. Bu degani, bozorni boshqa brendlar sekin-sekin, lekin qat'iy egallab olayapti.
3. Segmentlar bo'yicha diagrammani ko'ramiz — Sedan-B 34,5%, LCV (Damas va Labo kabi modellar) 31,4%. Bu marketolog uchun nima degani? Juda oddiy — agar sen shu segmentga mos, raqobatbardosh mashina olib kelsang, och qolmaysan. Chunki talab allaqachon bor.
4. Eng qizig'i — model reytingi. Cobalt yana birinchi, Damas ikkinchi. Nega? Narximi? Servisimi? O'ylanib ko'rish kerak.
5. Va yana bir narsa — BYD ulushi yildan-yilga o'sib boryapti, 9,7%gacha yetdi. Bitta oylik raqam — bu shunchaki foto. Lekin uni oy-oyiga, yildan-yilga kuzatib borsang, bu allaqachon trend bo'ladi. Bu nimani anglatadi? Bir qarashda — xitoy brendlari endi O'zbekiston mijozi uchun "arzon, lekin ishonchsiz" degan yorliqdan chiqib ketyapti. Odamlar ularni ko'proq qabul qilyapti, ishonyapti, va BYD buni yaxshi taklif — narx, texnologiya, dizayn bilan mustahkamlab boryapti.
Shunday qilib, o'z sohangizdagi bozorni doim kuzatib borsangiz, ko'p savollarga javob topib olasiz. Statistika olish uchun rasmiy manbalardan izlanish kerak, ba'zilari bepul, ba'zilari to'lov asosida ishlaydi — shunday saytlardan biri bor edi, eslab qolsam kommentda yozib qo'yaman.
@bolajak_marketer

6
2
1July 12, 2026 1.2K 1