Bo’lajak marketolog: post #153 — TG.ME

Mijozlar ketish darajasiga e'tiborli bo'lyapsizmi?

Churn rate — ma'lum bir davr ichida sizning xizmat yoki mahsulotingizdan voz kechgan mijozlar ulushini ko'rsatadi.

Misol:

Oy boshida 1000 ta mijozingiz bor edi.
Oyni tugatganda 50 tasi ketdi.
Churn rate = (50/1000)*100%=5%

Nima uchun mijozlarning ketish darajasi muhim?

Agar doimiy mijozlaringiz soni 1000ta bo‘lsa va ketish darajasi birdan X% ga oshsa, marketolog sifatida siz darhol sababini aniqlashingiz kerak:

— Mahsulotlar yetishmayaptimi?
— Sodiqlik dasturi o‘zgardimi?
— Xizmat sifati pasaydimi? va hokazo.

Mijozlar ketishi — bu ogohlantiruvchi signal. Uni e’tiborsiz qoldirmang.

@bolajak_marketer
👍11🔥6❤4🥰2
April 28, 2025 3.1K 12