Toshkent shahridagi oliygohlarda yangi oʻquv yilidan darslar soat… — BFAUZ — TG.ME

📢 Toshkent shahridagi oliygohlarda yangi oʻquv yilidan darslar soat 08:00 da boshlanadi

2026/2027-oʻquv yilidan boshlab Toshkent shahrida joylashgan oliy taʼlim tashkilotlarida birinchi smenadagi oʻquv mashgʻulotlari soat 08:00 da boshlanadi.


🔰Mazkur tartib poytaxtda transport oqimini samarali tashkil etish, ertalabki va kechki tigʻiz vaqtlarda yoʻllardagi yuklamani kamaytirish hamda taʼlim jarayonini yanada maqbul tashkil etishga qaratilgan.

➡️ Xususan, dars mashgʻulotlarining ertaroq boshlanishi oliy taʼlim tashkilotlariga qatnaydigan talabalar va professor-oʻqituvchilarning harakatlanish vaqtini oqilona rejalashtirish, kun davomida taʼlim jarayonini samarali tashkil etish hamda shahardagi transport vositalari oqimini maqbullashtirishga xizmat qiladi.

⤵️Shuningdek, mazkur tartib kunduzgi va kechki taʼlim shakllarida tahsil olayotgan talabalar uchun oʻquv kunini toʻgʻri rejalashtirish, mashgʻulotlar va boshqa oʻquv faoliyati uchun vaqt imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

❇️Yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik jarayonida Toshkent shahridagi oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlari, professor-oʻqituvchilar, pedagoglar hamda talabalar mazkur tartibni inobatga olishlari soʻraladi.

Taʼlim tashkilotlarida oʻquv mashgʻulotlarini belgilangan vaqtda boshlash, oʻquv jarayonini tegishli ravishda tashkil etish hamda talabalar uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlash boʻyicha tegishli choralar koʻriladi.

☝️Eslatib oʻtamiz, mazkur tartib 2026/2027-oʻquv yilidan boshlab Toshkent shahrida joylashgan oliy taʼlim tashkilotlarining birinchi smenasidagi oʻquv mashgʻulotlariga taalluqlidir.

👉Xabarni tarqating!

🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
👍12❤4👏2
August 27, 2026 4.5K 67