Hurmatli yurtdoshlar, aziz hamkasblar va yoshlar!
Barchangizni xalqimiz qalbini g‘urur va iftixorga to‘ldiradigan ulug‘ ayyom — 1-sentyabr, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Mustaqillik — xalqimizning asriy orzu-intilishlari, ezgu maqsadlari va fidokorona sa’y-harakatlari bilan qo‘lga kiritilgan bebaho ne’mat, milliy o‘zligimiz va qadriyatlarimizni tiklash, Vatanimizning taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlash yo‘lida mustahkam poydevordir.
Bugun yurtimizda Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, bunyodkorlik va yangilanishlar zamirida xalqimizning birlik va hamjihatligi, Vatanga daxldorlik tuyg‘usi va kelajakka bo‘lgan yuksak ishonchi mujassam. Zero, “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” degan ezgu shior barchamizni yagona maqsad — Yangi O‘zbekistonni barpo etish, uning tinchligi, ravnaqi va farovon kelajagi yo‘lida birlashishga chorlaydi.
Shu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va farovonlik, faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, ezgu orzu va maqsadlaringiz ro‘yobini tilayman.
Mustaqilligimiz abadiy, osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch va xalqimiz farovon bo‘lsin!
Yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi ezgu ishlarimiz bardavom bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Elmurod HOSHIMOV
O‘zbekiston Respublikasi
Bank-moliya akademiyasi rektori
www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
11
6
1August 31, 2026 2.7K 7