A.Qodirovning fikrlarini qo‘llab-quvvatlayman. Uni rahbarim bo‘lgani… — Baxtishod.uzb️ — TG.ME

A.Qodirovning fikrlarini qo‘llab-quvvatlayman. Uni rahbarim bo‘lgani uchun emas, balki bir vaqtlar futbol maydonida to‘p tepgan inson sifatida, g‘alabaning ham, mag‘lubiyatning ham asl bahosini bilganim uchun qo‘llab-quvvatlayman.

Tarix yaratdik, mundialga chiqdik. Endi oʻsha tarix bilan maqtanish emas, tarixdan mas'uliyatni yuzaga chiqarish vaqti keldi.

Maydonga "xizmat ko‘rsatganlar" emas, oʻyin natijadorligini oshira oladiganlar tushishi kerak. Futbolda ham davlat boshqaruvidagi kabi eng oliy mezon bitta — samaradorlik!
Meni o‘ylantirayotgan yana bir masala — nega Sherzod Temirovga imkon berilmadi? Hatto ayrim o‘yinlarda zaxiradan ham joy topmadi.

Bir paytlar Sherzod bilan Sho‘rtan jamoasining 2-ligasida birga to‘p surganmiz. Uning mehnatini, xarakterini va hujumdagi salohiyatini yaqindan ko‘rganman. Ishonchim komilki, bugungi tarkibda u hujumda ko‘plab futbolchilardan, jumladan Sergeyevdan ham ayrim jihatlari bilan ustun edi. Hech bo‘lmaganda o‘zini isbotlash imkoniyatiga loyiq edi.

Milliy jamoa hech kimning shaxsiy mulki emas. U butun xalqning jamoasi.

Biz bu milliy jamoamizni yomon ko‘rganimiz uchun emas, uni Osiyoning eng yaxshisi, ertaga esa dunyoning eng kuchlilari qatorida ko‘rishni istaganimiz uchun tanqid qilyapmiz.


Kannavaroga keladigan boʻlsak Portugaliyaga qarshi oʻyinda eng katta xatoni u qildi.

👉@baxtishoduzb
⚡3🔥3👏2💯1
June 25, 2026 323 3