Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan 2026-yilning… — Baxtishod.uzb️ — TG.ME

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan 2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda mamlakat iqtisodiyoti 8.5 foizga o‘sgani qayd etildi. Sanoat ishlab chiqarishi, eksport va investitsiyalar hajmi ortib, yilning olti oyida iqtisodiyotga 20 milliard AQSH dollaridan ortiq investitsiya jalb qilindi. Natijada minglab yangi ish o‘rinlari yaratilib, hududlarda yangi ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi.

Bu natijalar bugungi murakkab global iqtisodiy vaziyatda O‘zbekistonda islohotlar izchil davom etayotgani va iqtisodiy siyosat uzoq muddatli barqaror rivojlanishga qaratilganini ko‘rsatmoqda.


Endi asosiy vazifa – erishilgan sur'atni saqlab qolish, investitsiyalar samaradorligini oshirish, eksportni kengaytirish va har bir hududning iqtisodiy salohiyatini to‘liq ishga solishdir.

Albatta bularning barchasi barqaror taraqqiyot – puxta strategiya, mas'uliyatli boshqaruv va xalq manfaatiga xizmat qiladigan islohotlar natijasidir.

👉@baxtishoduzb
🔥4
July 22, 2026 215