Oʻzbek xalqi uchun mustaqillik — tarixiy taqdirida tub burilish… — Baxtishod.uzb️ — TG.ME

Oʻzbek xalqi uchun mustaqillik — tarixiy taqdirida tub burilish yasagan, milliy davlatchilik, o‘zlikni anglash va taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab bergan fundamental tarixiy voqeadir. U millatning siyosiy erkinligini ta’minlash bilan birga, milliy manfaatlarni anglash, tarixiy xotirani tiklash va kelajak taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlarini mustaqil belgilash imkonini berdi.

O‘zbekiston mustaqilligi g‘oyaviy jihatdan xalqimizning ko‘p asrlik davlatchilik va ma’naviy tafakkur an’analariga tayanadi. Ayniqsa, XX asr boshidagi jadidlik harakati milliy uyg‘onish tariximizda alohida o‘rin tutadi. Behbudiy, Fitrat, Qodiriy, Avloniy, Munavvarqori kabi ma’rifatparvarlar jamiyat taraqqiyotining asosiy omili sifatida ilm-ma’rifat, milliy ong, zamonaviy tafakkur va Vatanga xizmat qilish g‘oyalarini ilgari surdilar.


Bugun jadidlar merosiga murojaat qilish milliy taraqqiyotning ma’naviy va intellektual ildizlarini anglash demakdir.

Yurtimizda tinchlik va barqarorlik, xalqimizda hamjihatlik va bunyodkorlik, jamiyatimizda ilm, ma’rifat va taraqqiyotga intilish bardavom bo‘lsin!

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!

👉@baxtishoduzb
👏2💯2🔥1
September 1, 2026 60 1