-mashinamda ketsak bo'lardi dedi u birozdan so'ng uh tortgancha, chunki u bir semiz xoladan eshik oldida turganligi uchun dakki eshitib olgandi.
-oyim begonalarning mashinasiga o'tirma degan dedim o'zimni jiddiy tutgancha, tabassumdan tiyilib
-nima, nima? Yusufning gaplarimdan tepa sochi tikka bo'ldi- birinchidan axir endi begona emasmiz, ikkinchidan begona odamlarning mashinasiga o'tirasizku, vaqti kelganda, masalan taksiga
-lekin siz taksi emassiz
-to'g'ri lekin endi biz
Shu vaqt avtobus haydovchisi svitaforga kelib, qattiq tormoz berdiyu, Yusuf gaplarini so'nggigacha yetkazishga ulgurmadi. Qattiq siljishdan yiqilib ketayozdi, men uning qo'lidan mahkam tutib oldim-u, uning yqilishiga yo'l qo'ymadim. Avtobus svitaforda to'xtab turarkan, Yusuf bir menga, bir tutashgan qo'llarimizga qarab turar ekan, sekingina "avtobusda ketish ham yomon fikr emas" deb qo'ydi. Men shu zahoti uning qo'lini qo'yib yubordim-u, yuzimni undan boshqa yoqqa burgancha tabassum qila boshladim.
Biz Yusufning taklifi bilan boulingga bordik. To'g'ri, ilgari ham qizlar bilan bunday joyga bir-ikki marta kelgandim, ammo o'yinda Yusuf kabi tajribali emasdim, shu sabab ham yutqazdim. Ammo yutqazganimdan umuman xafa emasdim, sababi o'yin oxirida to'pni uloqtirishni eplay olmayotgan paytimda, Yusuf yonimga kelib, menga yutish sirini o'rgata boshladi.
-To'pni bunday ushlaysiz- u ohista to'pni qo'limga tutqazdiyu, endi qo'llarimdan tutgancha, harakatimni to'g'irlay boshladi- keyin esa bunday turgancha, uni sekin dumalatib yuborasiz, ana shunday...
Men uni berilib kuzatgancha, to'pni sekin uloqtirdim, bu gal hamma shariklar quladi
-oo yo'q, nahotki buni men qildim? Ko'zlarimga ishonmay, kulgancha Yusufga yuzlandim
-yo'q, buni biz qildik. Birgalikda
Unga hayajonlangancha tikilib turarkanman, u menga xuddi meni yuz yildan beri taniydigan va bu bilan faxrlanadigan insondek qarab turardi. Balki, uning shu nigohlariga oshiq bo'lgandirman?!
Shundan so'ng, u bilan fast foodda ovqatlandik. Yusuf ham men kabi achchiq kfcni yaxshi ko'rar ekan
-xayriyatki, ba'zi qizlar kabi "sushiga boramiz" deb qolmadingiz, shunday bo'lganda, aniq och qolardim bugun. Ovqatlanarkanmiz, u shu gaplarni aytdi
-ba'zi qizlar emas, men tanigan qizlar kabi desangiz ham bo'ladi- dedim men ham gapdan qolmay
-meni shunchalik ko'p qizlar bilan gaplashgan deb o'ylaysizmi? U birdan ovqatlanishdan to'xtab, yuzimga sinovchan tikilib qoldi
-qaydam, shunday deb o'ylagandim...shu gaplarni aytar ekanman, undan nigohlarimni olib qochdim
-demak, hozir fikringiz o'zgargan...
-bilmasam... men amin emasdim va buni Yusufdan ham yashirmoqchi emasdim
-yaxshi, unda boshiga qaytamiz. Siz meni Malika, ya'ni jiyanim bilan ko'rdingiz va yana kursdoshim Shahzoda bilan, undan tushlik qarzim bor edi. Va shundan tashqari, nima sizni men haqimda shunday o'ylashga majbur qildi?
Uning bunday jiddiy savoli va jiddiy nigohlaridan dovdirab qolidm, vaziyatdan qochish uchun bahonam yo'q edi.
-siz boysiz va ko'rkamsiz
-va shular sizning men haqimda "xotinboz" deb o'ylashingiz uchun yetarli?
-yo'q, men shunchaki... suhbatimiz borgan sayin jiddiylashib borar, men esa o'zimni noqulay seza boshlagandim, ammo Yusuf jiddiy edi. U savollarining javobsiz qolishi mumkinligini xayolining bir chekkasiga ham keltirmasdi
-bilasizmi, nima? Nihoyat u xohlahgan uslubda javob bera boshladim - men hayotim davomida ko'p yigitlar bilan yonma-yon bo'lmaganman, ya'ni taniganlarim akam, uning do'stlari va yana qarindosh aka-ukalarim. Va men hech qachon tasodifan bo'lsa-da, ularning birortasining atrofida bir qancha qiz bo'lganini ko'rmaganman, ya'ni ular bilan yaqin bo'lgan holda, singillari sifatida. Siz esa men ko'rgan yigitlarning, ya'ni akalarimning tamoman o'zgachasi edingiz, balki shu sabab shunday o'ylagandirman
-tushunarli...nihoyat Yusuf mening javobimdan qoniqdi shekilli, yana ovqatga tutindi- ammo unutmang, men faqat qizlar bilan emas, hamma bilan shundayman, ochiq va samimiy deylik. Shuning uchun meni bu borada noto'g'ri tushunmasligingizni xohlardim
-yaxshi...unga tabassum qilgancha javob qaytarar ekanman, ko'nglim biroz joyiga tushgandi.