aziza.reader: post #1036 — TG.ME

Forwarded fromMAManzura
Assalomu alaykum va rahmatulloh, yaxshimisiz ustozam? Uzr yozaman dib yo'q bo'lib qoganim uchun, ovqatlanishga zo'rg'a vaqt ajratadigan darajada ishlarim tiqilib qoldi oxirgi 3 kunda🥲

Darslarimiz tugaganini haligacha qabul qilomayamman, huddiki bir necha kunlik damdamiz va keyin yana darslarimiz davom etadigandek. Sizzi tafsirlariz, tadabburimiz, umumiy darsimiz kunimni bir qismiga aylanishga ulgurib bo'lganakan. Esimda birinchi qabul ochib kanalizga e'lon yuborganizda shunaqangi xursand bo'ganman, bula hali dars ham beradilami diganman o'zimga. Chunki qancha kanallani kuzatsam sizniki ulani orasida ajralib turardi. Haqiqiy tadabburni ko'rardim sizda. Narxni ko'ribam quvongandim, hamma uchun qulay bo'gan va hattoki sizni darsizga eng minimum qiymat berilgan dib hisobliman. Birinchi darsni o'zidan muhabbat qo'ygandim, Qur'on haqida, unga qanaqa muhabbat qo'yish kereligi haqida bergan ma'lumotlarizni shuncha kitob o'qigan bo'sam hicham uchratmaganman. Yoki siz etib berganchalik ta'sir qimagan.

Eng-eng yoqadigan tarafi darsni joningizni berib o'tishiz, shunchaki mana shuncha vaqt ajratib o'tib bersam bo'ldi dib yengil va yuzaki o'tmasligiz. 20 daqiqalik darsda qanaqa mazza qilsam, 1,5-2 soatga cho'zilib ketgan darslarimizda undanda mazza qilardim. Siz etishiz mumkinidi darsimiz uchun 30 yoki 45 daqiqa ajratilgan va har doim shunaqa vaqt davomiyligida o'tib beraman dib. Lekin siz tadabburimiz qachon tugasa, qachon to'liq tushuntirib bersez o'shanda darsni tugatardik.

Ustozangdan o'rgangan eng yaxshi narsang nima deb so'rashsa hech o'ylanmay haq masalasi dib javob beraman. Har bir harfni, sifatni haqqi bizni bo'ynimizda bor, ertaga Qiyomatda o'sha bir dona harf sizni yonizga keb haqqini talab qilishidan qo'rqing dib takror etishiz shunaqangi ta'sir qilganki Qur'on o'qivotganimda shu gaplariz hayolimda aylanadi. Bu narsa hozir hayotimdagi bir shiorlarimdan biriga aylandi disam notori bo'midi, Har bir jihatda, har bir ishda shu haqdan qo'rqib mukammal qilishga harakat qiladigan bo'p qoganman.

Qur'onga muhabbat qo'yishimda eng katta sababchilardan bo'ldiz, uni davomiy o'qishimda boshida qiyinchiliklar bo'lishi tabiiy jarayon ekanligini qayta-qayta etishlariz natijasida hozirgi hatm jarayonini ancha yengillattirvotti. Chunki shayton kep bunaqa sekin o'qishinda qachon o'qibolasan, hatming hali beri tugamidi bu ketishda dib rassa vasvasa qivotti. Lekin davom etirishga har kuni davomiy o'qishga kuch topolvomman Alhamdlillah.

Yozaman disam aslida judayam ko'p, lekin habarim shundog'am uzun bo'pketti. Agar yana 0 holatimga qaytib qosam va yana ustoz tanlash kere bo'p qoganda hich ikkilanib o'ylanmasdan sizzi tanlagan bo'lardim. Barchasi uchun rahmat ustozam, sizga Alloh dars berishlik ilhomini bergani uchun, va meni sizdek ustoz bilan siylagani uchun Allohimga shukrlar bo'lsin. Siz hayotimda uchratgan ustozlar ichida eng yaxshisisiz
🌷
❤‍🔥5🕊2🐳2
May 6, 2025 615 2 2