Shunaqa uslubda yozilgan kitoblarga tushunmayman. Oʻzi bizi talabalar… — ARMUG'ON — TG.ME

Shunaqa uslubda yozilgan kitoblarga tushunmayman. Oʻzi bizi talabalar maktabda juda ham "aʼlo" baholarga oʻqigan boʻlsa, egadan kesimni ajrata olmaydigan bolalar koʻpchiligi. Bularga oʻzbek tili qoidalari tushuntiriladimi yoki arab tili?

Bu uslubdagi arab tili kitoblarini tushuntirish uchun oldin - ega, kesim, olmosh, turdosh ot, tub sifat, nisbiy sifat, modal nima ekanini bolaga oʻrgatish kerak, soʻng arabcha qoidani unga qiyoslash kerak. Shunchaki bolaning miyyasi portlaydi.

Bira toʻla arabcha istelohlar bilan tushuntirsa boʻlmaydimi? Baribir, bola oʻzbekchani ham, arabcha qoidalarni bilmaydi, oldin oʻzbekchani oʻrgatib keyin unga arabchani solishitishdan koʻra, toʻgʻridan-toʻgʻri arabcha atamalar bilan tushuntirgan maʼqul deb bilanaman.

Bu sharqshunoscha usul, arab tilini chet tili sifatida oʻrganish, din sifatida emas.
👍8🔥4❤1👎1
August 5, 2026 223 3