Muhammad Tohir ibn Oshur aytadi: "Afrika va uzoq Magʻrib… — ARMUG'ON — TG.ME

Muhammad Tohir ibn Oshur aytadi:

"Afrika va uzoq Magʻrib diyorlaridagi ilm ravnaqi faqat tolibi ilmlar sababidan, ularning ilmga qattiq kirishganidan edi. Mansabdorlar ilmni rivojlatirish uchun harak qilishmas edi".

Ilm talabiga kirgan tolibning majburiyati - qanday holat boʻlishidan qatʼiy nazar - ilm yoyish, ummat uzra jaholatni ketkazishga hissa qoʻshishdir.

Hamma zamonda ham qiyinchiliklar boʻlgan, hamma zamonda ham ilm va uning ahliga qarshiliklar boʻlgan, lekin ilmga boʻlgan adovat rabboniy ulamolarni ilm tarqatishdan hargiz qaytara olmagan.

Abu Jaʼfar Mansur zindonida qolgan Abu Hanifa ilm va haq yoʻlidan qaytmadi.

Butun xilofot Ahmad ibn Hanbalga qarshi edi, lekin u imom haqni aytishdan qoʻrqmadi, charchamadi.

Hajjoj zolim qoʻlida mazlum boʻlgan Said ibn Musayyib, haqdan qaytmaganligi, ilmdan toymagani uchun tobeinlar gultoji boʻldi.
Ulamolar hayotida bunday ibratlar juda ham koʻp.

Qulay fursat bizni izlab kelmaydi, sizni saviyangizga mos talabalar sizni kutib turmaydi. Siz ularni topasiz, siz ularni ilmga qiziqtirasiz, siz oʻzingizning talabalaringizni shakllantirasiz.

Doimiy harakat, xizmat, oʻrganish, oʻrgatish - mana shu talabalik, mana shu ilm yoyish, mana shu Islom xodimining sharafidir.

https://t.me/armugonlink
👍5🔥3❤2
August 11, 2026 229 1