Umuman olganda futbol koʻrishni - vaqtni behuda sarf ketkazish… — ARMUG'ON — TG.ME

Umuman olganda futbol koʻrishni - vaqtni behuda sarf ketkazish hisobga olmaganda - yomon joyi yoʻq.

Men koʻrayotgan odamni malomat qilmayman, qilolmayman, haqqim ham yoʻq. Balki, oʻzim ham qiziqqanimda ulardan koʻra ashaddiyroq muxlis boʻlardim. Qolaversa, men ham oddiy banda, ularni vaqtni bekor ketkazyapti deb malomat qilib, oʻzim ham vaqtni foydasiz sarflashim mumkin. Xatolarimizni sharmandalikdan oldin toʻgʻrlab olishni nasib qilsin.

Ammo, butun gʻamni faqat futbol qilib olish - ayni xato nazdimda. Xususan, bir masʼalaga jiddiy yondashmagan xodim, talaba, mansabdor - futbolga kelganda jon berishi - ayni xato nazdimda.

Undanda ahmoqona holat, futbol jamoani "Vatan muhabbati"ga tenglashtirish. Jamoaga "balet" qilmayaptimi - demak, yurtga muhabbatsiz. Vatanni sevish - futbol jamoasini olqishlash bilan belgilanadi. Mantiq qayerda?

Undanda daxshatlirogʻi, Misr va Argentina oʻyinini, umuman musulmon jamoasi va gʻayridinlar uchrashuvini "din kurashi" deb bilish, musulmonlarni kofirlar ustidan gʻalabasi, yahudiy jamoasini yer tishlatishlashini kutish. Ayni haqiqiy "kurash"ni befarq qoldirish, oʻzini bilmaganlikka olish, hech boʻlmasa ojizlarning yordami - duoda ham eslamaslik. Insof qayerda?

Men futbolga, futbol oʻynadiganlarga, koʻradiganlarga qarshi emasman. Men oʻzi xoxishi yoʻlida sobit tushunchalarni boshqacha talqin qiluvchilarga qarshiman.
👍6❤5🔥2
July 8, 2026 484 1