Baʼzida atrofimdagilariga maʼrifiy suhbatlar uyushtirib turaman. Asosan, odob-axloq va zaruriy din masalalarini yoritaman. Oxirgi paytlarda muayyan kitob asosida suhbat qilishni yoʻlga qoʻydim.
Avvaliga odamlarni kuzatsam, oʻqigan maʼlumotini tushunadigan, tushunsada magʻzini chaqa oladigani kam ekan, ayniqsa diniy mazmundagi kitoblarni. Shu xulosaga borganim uchun, men aytayotgan gaplarni tushununishmaydimi degan hadik turaveradi ichimda. Bu oʻy koʻplab gaplarni izhor qilishdan toʻsar edi va bu xato fikr ekanini anglab yetganman. Ular tushunmaganini bir eshitadi, ikkinchi marta maʼnosi bilan eshitadi, uchinchisida tanish soʻzga aylantirishadi, hamma ham bilib tugʻilmaydi.
Hozirga kelib ayrim qadrdonlarga oʻqib tushuntirib bergan kitoblarim oz emas bor, bu usuldan ular ham mamnun, yana eshitishga ehtiyojmandlar ham.
Ayni damda Imom Buxoriyning "Adabul Mufrad" kitobiga bitilgan Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning sharhlarini oʻqiyapman.
Siz ham yaqinlaringizga kitob oʻqib berasizmi?
https://t.me/armugonlink
7
2June 18, 2026 501 1