Universal AppSheet dasturda qanday jadvallar bo'lishi kerak? 1-qism… — AppSheet Pro — TG.ME

Universal AppSheet dasturda qanday jadvallar bo'lishi kerak?
1-qism

AppSheetda dastur tuzish noldan tuzishga nisbatan birmuncha osonroq va tez. Shu bilan birga ba'zi noqulayliklari bor:
1. Bir loyihadagi tayyor modulni boshqasiga ko'chirib o'tkazib bo'lmaydi
2. Dasturni tuzishda bir vaqtda jamoaviy ishlab bo'lmaydi. Navbat kutish kerak.
3. Hozir eslolmadim*

2024-yil avgustda bir universal boshlang'ich dastur (qolip, starter) tuzib keyingi loyihalarni shu asosida davom ettirishni reja qilgandim. Tajriba kam bo'lgani uchun oxiriga yetkazolmadim.

Post ko'rinishida shunday universal dasturda nima modul/jadvallar bo'lishi va ularning tuzilmasi haqida yozmoqchiman.

*O'zingiz duch kelgan kamchiliklar haqida izohlarda yozishingiz mumkin.

#universal_qolip
👍2
January 2, 2026 354