KOREYAGA BO'LGAN 3 OYLIK SAYOHATIMIZNI YAKUNLADIK
(quyida Koreyadan O'zbekistonga o'zim bilan olib kelishim kerak ekan, deb bilgan hulosalarim bilan bo'lishmoqchiman)
1. NAVBATDA TURISH MADANIYATI
• Tan olaman menda ham bu madaniyat rivojlanmagan ekan, Koreyaga borib bunga iqror bo'ldim. Insonlarda ixtiyoriy manzilda o'zaro hurmat orqali navbatni saqlashlari taqsinga loyiq (avtobus bekatlari, metro stantsiyalari, jamoat joylari, banklar, kafelar). Tartib birinchi navbatda.
2. JAMOAT JOYLARIDA MULOQOT MADANIYATI
(O'zbekistonda ham Koreyada ham asosan jamoat transportlaridan foydalanaman, solishtirganda Koreya aholisining gaplashish, o'zini tutish va muloqot madaniyati yuqori. Men o'zim uchun o'rgak olishim kerak deb bilgan hislatim deb hisobladim).
• Sababi, yuqori ovozda muloqot yuritishmaydi, telefonda baland tovushda gaplashishmaydi, audio habarlar va musiqalarni quloqchinsiz tinglashmaydi.
(Hamma ham emas, lekin juda ko'p insonlarda madaniyati yuqori)
3. SHAHAR TRANSPORT INFRASTRUKTURASI
• Yo'llar tekis (juda tekkis), avtobuslar qatnovi qulay (har tomonlama aholi va turistlar uchun mos va yengillashtirilgan)
• Avtobus/Metro vaqtlari doim o'z vaqtida keladi va rejalarga moslashtirish oson.
• Biz jamoat transportida uzoqdagi Jeju orolida ham, markazdagi Seul shahrida ham harakatlangan bo'lsak yo'llar tekkisligi va avtobuslar harakatlanishi qulayligi haqiqatdan havasimni keltirdi.
(Lavhalardagi manzillar markaziy ko'chalar emas)
(Albatta tanganing 2 tomoni bor, keyingi postlarda O'zbekistondan Koreyaga borishi kerak deb bilgan madaniyatlarimizni bo'lishaman)
Siz Koreya haqida qanday fikrdasiz, izohlarda fikringizni yozib qoldiring ✍️