Bilasizmi???🤔🤔🤔
Har 40 soniyada dunyoda bir inson yurak-qon tomir kasalliklari tufayli hayotdan ko‘z yumadi. Eng achinarlisi — bu kasalliklarning ko‘pchiligi oldini olish mumkin.
🇺🇿O‘zbekistonda esa bu muammo ayniqsa jiddiy:
🔻Har yili 100 000 dan ortiq inson yurak-qon tomir kasalliklari tufayli hayotdan ko‘z yumadi.
🔻Bu esa mamlakatdagi o‘lim sabablarining birinchi o‘rini egallaydi.
🔻18 yoshdan oshgan aholining yarmidan ko‘pi yuqori qon bosimidan aziyat chekadi.
Shu sababli biz "CardioScope" loyihasini boshladik.
Bizning maqsadlarimiz oddiy:
✅ Aholi orasida yurak salomatligi bo‘yicha xabardorlikni oshirish.
✅ Kasalliklarni oldini olish uchun foydali maslahatlar berish.
✅ Har bir inson yuragini asrashni odatiy hayot tarziga aylantirish.
Bu — nafaqat tibbiyot, bu hayot-mamot masalasi.
CardioScope bilan yuragingizga quloq tuting! ❤️
@CardioScope

