Xushxabar: Prezident maktabi o‘quvchisi SAT’dan maksimal ball oldi… — Presidential School in Andijan || E'lonlar & Announcements — TG.ME

⚡️Xushxabar: Prezident maktabi o‘quvchisi SAT’dan maksimal ball oldi

Andijon shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Muxtorjon Mo’ydinov xalqaro SAT imtihonidan maksimal — 1600 ball natija qayd etdi.

Ma’lumot uchun, SAT (Scholastic Assessment Test) imtihoni 400-1600 ball oralig‘ida baholanib, dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalariga kirishda muhim mezon hisoblanadi.

Shuningdek, Muxtorjon Mo’ydinov bundan avval IELTS xalqaro til imtihonidan 8.0 ball natijani qo‘lga kiritgan.

👏Yoshlarimizning bunday yutuqlari ularning bilimga bo‘lgan intilishi va salohiyatining yaqqol ifodasidir.

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
☃15👍7❤3🔥1🆒1
December 23, 2025 636 2 3