Besh million sun'iy intellekt yetakchilari" loyihasi doirasidagi… — Aileaders.uz — TG.ME

🟦🟦🟦 🟦🟦🟦🟦

🌟 "Besh million sun'iy intellekt yetakchilari" loyihasi doirasidagi “Milliy tanlov” g'oliblari Xitoyda malaka oshirmoqda

🎓 “Milliy tanlov”ning “Eng faol informatika fani o‘qituvchisi” nominatsiyasi g‘oliblari ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasining Shenchjen shahrida malaka oshirish dasturida ishtirok etishmoqda.

🔁 Ishtirokchilar Xitoyning ilg‘or ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishib, zamonaviy maktab va OTMlarga tashrif buyurmoqda. Shuningdek, yetakchi texnologik kompaniyalaridan biri — Huawei kompaniyasining bosh ofisi, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda innovatsion kampuslarida tashkil etilgan maxsus trening va kurs taqdimotlarida qatnashmoqda.


🖼 Dastur davomida Shenchjen shahrining madaniy va tarixiy maskanlari, zamonaviy infratuzilma obyektlariga tashriflar tashkil etilib, ta’lim, fan va texnologiyalar sohasidagi yutuqlari bilan yaqindan tanishilmoqda.

📈 Siz ham keyingi yilda g'oliblar qatorida bo'lishni istasangiz – aileaders.uz saytida sun'iy intellekt va ITga oid kurslarni o'rganib, loyihada faol bo'ling!
❤111👍30🔥18😁3⚡2🥰2👏1😎1
July 28, 2026 57.4K 22 84