O‘zbekiston tarixda ilk bor 9–16-avgust kunlari Toshkent shahrida 38-Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI 2026) bo‘lib o‘tadi.
Olimpiadada 97 dan ortiq davlatdan 745 nafar ishtirokchi qatnashishi rejalashtirilgan. O‘zbekiston sharafini esa milliy saralash bosqichi yakunlariga ko‘ra shakllantirilgan 8 nafar o‘quvchidan iborat 2 ta terma jamoa himoya qiladi.
IOI 2026ning ochilish marosimini bugun soat 14:00 dan boshlab quyidagi ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin:
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X



