Diqqat tarqoqligi haqida. Birodarimiz aytadi; Qur’on yodlayotgan… — Ahli islom — TG.ME

Diqqat tarqoqligi haqida.
Birodarimiz aytadi;
Qur’on yodlayotgan paytimda bir muammo meni juda qiynardi — diqqatning tarqoqligi.
Bir o‘y kelsa — darrov o‘sha ishga sho‘ng‘irdim,
bir xabar kelsa — darhol javob qaytarardim.
Shu odatlarim tufayli Qur’onni yodlash yo‘lim cho‘zilib ketdi,
ko‘p marta to‘xtab, yana boshlashga majbur bo‘ldim,
ko‘p marta dangasalik bilan kurashdim.
Oxiri charchadim.
Shunda hofizlarning hayotini o‘qiy boshladim:
ular qanday yodlagan, qanday usul tutgan, qanday sabr bilan davom etgan?
Allohdan yordam va to‘g‘ri yo‘l so‘rab o‘rgandim.
Va nihoyat bir muhim haqiqatni angladim:
ularning sirri — chalg‘imaslik va chin dildan niyat qilish ekan.
Shunda tushundimki:
Har qadamda orqaga qarab, chalg‘ib yuradigan odam hech qachon tez yetib bormaydi.
Agar yetgan taqdirda ham — uning natijasi sust, mustahkam bo‘lmaydi
Men angladimki, Qur’on — ulug‘ Kitob.
Unga faqat orzu va xayollar bilan yetib bo‘lmaydi.
Balki:
🌟eng qimmatli vaqtni ajratish,
🌟diqqatni jamlash,
🌟keraksiz mashg‘ulotlarni kamaytirish,
🌟tinch joyda mehnat qilish,
🌟ba’zi huzur-halovatlardan voz kechish bilan erishiladi.

Barchaga #ulashing manzil.

Teligram | instagram | botimiz
November 23, 2025 140 1