Monopoliya Din — tabiatan monopoliyadir. Chunki din va u… — Ahli islom — TG.ME

Monopoliya

Din — tabiatan monopoliyadir. Chunki din va u shakllantirgan millat — bir kishining g'oyasiga tobe bo'lishdir.

Ixtilof o'sha g'oyani qanday talqin qilishda kelib chiqadi. Agar, uni faqat institutlar talqin qiladigan bo'lsa, demak institutsional monopoliya bo'ladi.

Agar uni omma yoki johillar talqin qilsa, johilona monopoliya bo'ladi.

Agar uni oqillar talqin qilsa, oqilona monopoliya bo'ladi.

Dinni talqin qilishda muayyan yo'l bor: avval Qur'on, keyin Sunnat, keyin Ijmo, keyin Qiyos...

Qur'on va Sunnat dinning ilohiy monopoliya ekanligiga dalil, Ijmo esa, dinning ulamolar atrofida monopoliya ekanligiga dalil.

Qiyos esa, dinning aql egalari atrofida monopoliya ekanligiga dalil.

Manbalarda "Bilmasangiz. Zikr ahlidan so'rang" kabi dinning monopoliya ekanligiga ko'p dalillar bor.

Faqat bu monopoliyada hamma ham ishtirok etishi mumkin, ya'ni u saroyga, madrasaga yoki sayyidlarga cheklanmagan, ilm ahliga xoslangan.

Qur'onda, agar biror masalaning yechimi kerak bo'lsa ish boshilarga yuzlanilsa, ular orasidan istinbot ( aqliy xulosa) chiqara oladiganlar yechim topishlariga ko'rsatmalar bor. Hamma ishboshilar emas, istinbot qila oladiganlargina xolos.

Shunday ekan, islomni boshqa dinlardan farqli ravishda, intellektual monopoliya deb aytish mumkin. Faqat buning eshiklari ochiq, arabmi, ajammi, sayyidmi, mamlukmi, oqmi, qorami, farqi yo'q, kimga Alloh fazl bergan bo'lsa.

Qachonki shu monopoliya buzilsa, va intellektuallar qolib, johillar ishga aralashsa qiyomatni kutaver.

Barchaga #ulashing manzil.

Teligram | instagram | botimiz
June 8, 2026 82