Karis tilida bizdagiga o'xshash sizlab, sensirab gaplashish bor. Yaqin tanishlar, oila a'zolari (hatto farzand o'z ota-onasini) sensirab gaplashishlari mumkin. Begonalar, yoshi kattalar sizlanadi.
Bu so'zlashuv ko'rinishi faqat sizlash, sensirash bilan emas, ba'zi so'zlardagi o'zgarish bilanam o'ziga xos. Masalan ism, yosh, uy kabi oddiy so’zlarda sizlash va sensirash ma'nosida alohida-alohida so’zlar ishlatiladi.
Ikki begona ko'rishganida sensirash huquqi kimdaligini aniqlash uchun bir-biridan yoshlarini so'rashadi.
Bir yoshi 50 dan oshgan tanishim chet ellikka uylanmoqchiligini aytganidi. "Nega karisgamas?" deb so'raganimda, u holatda potensial qaynota-qaynonalari kamida o'zi tengi bo'lishi, bu esa so'zlashuvda ikki tomongayam noqulaylik tug'dirishini aytganidi. Jiddiy oxangda.
Bizdaku, tilimizda o’xshashlik bor. Bu so’zlashuv usuliga bizdan ko’ra g’arbliklar ko’proq hayron.
#ozimizni_karislar
@abdulhamidonblog




