🚀 Oqdoppi platformasida yangi dasturlar e’lon qilindi!
Sizlar uchun yana bir ajoyib yangiligimiz bor. Oqdoppi bug bounty platformasi yangi dasturlar bilan kengayishda davom etmoqda.
Platformada quyidagi dasturlar o‘z tadqiqotchilarini kutmoqda:
🔹 DOMO.uz — O‘zbekistonda elektr, gaz, suv, chiqindi, internet va boshqa uy-joy bilan bog‘liq xizmatlarni yagona platforma orqali boshqarish va to‘lash imkonini beruvchi mobil platforma.
🔹 ishGO.uz — ish beruvchilar va ish izlovchilarni yagona tizimda bog‘lovchi, O‘zbekistondagi ish qidirish va xodim yollash platformasi.
🔹 pDaftar.uz — kichik va o‘rta biznes uchun nasiya savdosini raqamlashtirishga xizmat qiluvchi fintech platforma.
🔹 AIBA.uz — bizneslar uchun sun’iy intellekt asosida moliyaviy va biznes boshqaruviga yordam beruvchi platforma.
Sizdan ethical tarzda ishlab zaifliklarni aniqlash va mas’uliyatli tarzda xabar qilishingizni so'raymiz. Biznes egalariga o‘z tizimlarini yanada mustahkamlash va foydalanuvchilar uchun xavfsiz xizmat yaratishiga yordam bering.
Forwarded fromOq Do'ppi BugBounty

August 15, 2026 105 1