🤖 CTF Community Uzbekistan rasmiy Discord serveri ishga tushdi!
O‘zbekiston kiberxavfsizlik hamjamiyatini birlashtirish va xalqaro maydonga olib chiqish maqsadida, BitWalls kiberxavfsiz klubi bilan hamkorlikda yangi va zamonaviy Discord serverimizni taqdim etamiz!
⚠️ Serverdagi barcha muhokamalar, resurslar va texnik suhbatlar to‘liq o‘zbek tilida olib boriladi.
🎯 Serverni ochishdan maqsadimiz:
Biz faqat Telegram bilan cheklanib qolmasdan, har qanday vaziyat uchun barqaror "Backup plan" tizimiga ega bo‘lishimiz zarur. Discord bizga tizimli aloqa, qulay infratuzilma va eng muhimi — CTFtime platformasida O‘zbekiston nomidan qatnashadigan kuchli milliy terma jamoani shakllantirish uchun xizmat qiladi.
🏆 Eng yaxshilar uchun imkoniyat:
Har oy yakuniga ko‘ra serverda o‘z bilim va mahoratini ko‘rsatgan eng faol ishtirokchi CTFtime’dagi rasmiy jamoamiz safiga qabul qilinadi. O‘z potensialingizni ko‘rsatish uchun bu ajoyib imkoniyat!
🤝 Hamkorlikka chorlov:
Yurtimizdagi boshqa barcha kiberxavfsizlik hamjamiyatlari, klublari va jamoalarini hamkorlikka chorlaymiz. Zero, maqsadimiz bitta — xalqaro maydonda O‘zbekiston nomini va nufuzini yuksaltirishdir!
🔥Hozirning o‘zidayoq qo‘shiling, qoidalarni tasdiqlang va o‘z yo‘nalishingiz bo‘yicha muhokamalarga kirishing!
🔗Discord serverga havola: https://discord.gg/z3TEwYBW
🔵@ctfcommunityuz - O'zbekistondagi birinchi va yagona CTF hamjamiyati
June 6, 2026 475 2