#Qurondan_risolalar
﴿فَلَا يَحْزُنكَ قَوْلُهُمْ﴾
“Ularning so‘zlari seni aslo g‘amgin qilmasin.”
(Yunus surasi, 65-oyat)
Odamlar sen haqingda o‘zingda bo‘lmagan narsalarni ham aytishadi. Bunga e’tibor berma.
O‘zingdan oldin o‘tgan, balki sendan ham yaxshiroq bo‘lgan zotlarga qarab oʻzingni yupat.
Rasululloh ﷺni sehrgar, majnun va yolg‘onchi deb atashgan.
Yusuf alayhissalomni o‘g‘rilikda ayblashgan.
Bokira boʻlgan Maryamni esa zinoda ayblashgan!
Mana shu haqiqatni doimo ko‘z oldinga qoʻy:
Qanchalik solih bo‘lma, odamlarning tillaridan najot topa olmaysan.
«Hilyatul-avliyo» kitobida keltirilishicha, Muso alayhissalom Robbisiga:
— Ey Robbim, Sendan odamlar meni faqat yaxshilik bilan eslashlarini so‘rayman, — dedi.
Shunda Alloh taolo:
— Ey Muso, Men O‘zim uchun ham bunday narsani belgilamaganman. Uni sen uchun qanday belgilay? — dedi.
Odamlar Alloh taoloning xotini va farzandi bor, deb aytishdi.
Shunday ekan, sen odamlarning gap-so‘zlaridan butunlay omon qolishni xohlaysanmi?
@xosdars ulashing

August 13, 2026 184 3