#dolzarb
"Aniq-muhaqqaq - fazilat mavhum martabadan afzal" ekani
Oriflardan biri aytadi: "Agar menga hovlining darvozasi oldida shahodat, xonamning eshigini oldida tavhidda o‘lish taklif qilinsa, xonamning eshigi oldida tavhidda o‘lishni ixtiyor qilar edim. Chunki men darvozaga etgunimga qadar qalbimga uni tavhiddan buruvchi qanday o‘zgarishlar kelishini bilmayman "(Ihyou-ulumuddin)
Saboq:⤵️
"Muhaqqaq fazilat mavhum darojatdan avlo" Ya’ni, "kelajakda buyuk ishlar qilaman" deb mavhum-dargumon martabani xayol qilishni o‘rniga, hozirgi muhaqqaq holatdagi odatiy mavjud fazilatni ushlab qolish afzalroq.
Biz Allohni ibodatida bardavom yakkalab oʻtishga buyurilganmiz. Ba’zida kishi hissiyotga berilib, orzu-havaslar qiladi. (Orzu-havas deganda odamlar qatori uy-joyli bo‘lish, uvali-juvali bo‘lish kabi dunyoviy orzu havaslar emas balki, din yo‘lidagi va ummat rivoji uchun hissa qo‘shish kabi orzu-havaslar maqsad qilingan).
Aslida rizqi boʻlsa, bular albatta keladi. Hayol surishga hojat yoʻq, balki biz ne'matlarni eslab, qay tarzda shukr qilishni gʻam qilaylik!
Lekin, o‘sha orzularidagi darajotga etgan kimni ko‘rsam, muhaqqaq fazilatlarini boy berish evaziga etganini ko‘rdim..
Ayniqsa bugungi istilohda aytganda o‘zini "Motivator" deb nomlab olgan shaxslarni eshitish, kino filmlar ko‘rish ortidan kishi o‘zini dunyoni o‘zgartirib yuboruvchi deb o‘ylay boshlaydi.
Natijada "kelajak darajotlari" xayoli og‘ushida "xozirning fazilatlari"ni boy beradi.
Agar unga "g‘alaba nash'asi" va "mansab obrusi" kabi "dorilar" qo‘shilsa, kishini tamom bo‘ldi deyaver!
(Alloh rahim qilganlar bundan mustasno)
Shuning uchun ham sahobalar Rosululloh sollallohu alayhi vasallamdan keyin qolib, ko‘plab xizmatlar qilishgan bo‘lishsa-da Rosululloh davrida o‘tib ketgan sahobalarga havas qilishgan. Chunki u davrda ular muhaqqaq fazilatga ega edilar. Keyingi darajotlar esa mavhum edi.
Abu Dardo roziyallohu anhu Salmonga aytadilar: "Siz Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobaridan ekaningiz sizni aldab qo‘ymasin. Chunki biz u zotdan keyin ko‘p yashab qo‘ydik. U zotdan keyin nimalar qilganimizni Alloh biladi" (Abu Nuaym rivoyati)
Shu bois Yusuf alayhissalom ota-onalari, aka-ukalari bilan jamlanib "orzudagi darajot" ga etganlarida, "muhaqqaq fazilat" (tavhidda o‘lish) ni Allohdan so‘raganlar.
Alloh taolo aytadi: "So‘ng Yusuf Rоbbigа duо qilib dedi: “Ey Rоbbim, mengа Misr mulkini аtо etding, tush tа’birini vа bоshqа ilmlаrni bildirding. Ey yeru оsmоnlаrni yaratgаn, ulаrni yo‘qdаn bоr qilgаn Zоt, mening dunyoyu охirаtdаgi bаrchа аhvоlimni O‘zing bоshqаruvchisаn. Meni musulmоn hоlimdа vаfоt ettirgin, ulug‘ pаyg‘аmbаrlаr vа tаnlаngаn bаndаlаring bo‘lmish sоlihlаr qаtоrigа qo‘shgin”.
📖(Yusuf.101)
Xulosa: Faqat koʻnglimiz tusagan va odatlanib qolgan amallarimiz bilan kifoyalanmasdan ilm olib, Payg'ambarlar merosxo'rlaridan boʻlaylik. Oʻtmishdagi halokatga uchragan qavmlar sifatini oʻzimizda koʻrsatmaylik!
@XosDars ulashing
August 12, 2026 204 1