XosDars: post #4048 — TG.ME

#dolzarb
ULAMOLAR XUSHU' VOJIB YOKI SUNNAT⁉️ EKANIDA TORTISHISHDI

Shayx Ibn Usaymin rahimahulloh aytadilar:
"Toʻgrirogʻi, u ta'kidlangan sunnat ekani; chunki haqiqatdan ham u namozning ruhi. Shubhasiz, qalb unda hozir boʻlmagan NAMOZ - magʻzi yoʻq yongʻoq poʻchogʻidan boshqa narsa emas. Xushu' kamayishiga qarab, oʻqilgan namozning savobi noqis boʻladi. Ibn Taymiyya rahimahulloh "Qovaid an Nuroniyya"da - NAMOZDA XUSHU' VOJIB deb, koʻp dalillar keltiradilar. Ammo ularni ranjitadigan dalillar bor.
"Shayton Odam bolasi namozga turganda uning oldiga kelib: "Falon narsani esla, Falonchi narsani esla", deydi. Hatto u necha rakat namoz oʻqiganini ham bilmay qoladi." [Buxoriy va Muslim rivoyati]
Biroq bu bilan: "Agar kishini vasvasalar toʻliq qamrab olsa, uning namozi botil boʻladi", deyishimizga monelik qiladi. Chunki Paygʻambar sollallohu alayhi va sallam: "Kim shunday qilsa, namozini qayta oʻqisin", demaganlar. Vaholanki, U zot qurbonlik soʻyish haqida gapirganlarida, qurbonlik faqat hayit namozidan keyin boʻlishini aytib: "Kim undan oldin soʻysa, uning oʻrniga boshqasini soʻysin" dedilar. [Buxoriy va Muslim rivoyati]

Shuning uchun ham, inson namozda xushuʻga hamda qalb hozirligiga haris boʻlishi lozim❗️ Chunki agar namozda uning qalbi hozir boʻlsa, namozidan ulkan foyda oladi va namozni tugatgach, uning ta'siri juda chuqur boʻladi.
Lekin agar kishi namozga kirishdan oldin ham unga gʻofil boʻlib kirsa va xayoliga hech narsa kelmagan boʻlsa, u holda kirgan zahotiyoq unga vasvasa eshiklari ochiladi. Oqibatda u namozdan qalbi zarracha ta'sirlanmay chiqadi va har doim shu holatda qolaveradi.
✔️Ammo agar u oʻz nafsini muolaja qilib kurashsa, har safar vasvasa kelganda uni qaytarishga harakat qilsa, soʻng namozda aytayotgan va qilayotgan amallarining ma'nosini anglashga intilsa hamda nafsini bunga bir necha bor oʻrgatsa — gohida namozning yarmini anglar, gohida kamroq, gohida esa koʻproq anglaydigan boʻladi. Nafsini shunga odatlantirsa, bu unga osonlashadi.
🚫 Lekin agar kishi shunday davom etib, bundan gʻofil boʻlib yursa, u holda bunday namozdan faqatgina zimmasidagi farz (boʻynidan) soqit boʻladi, boshqa koʻp ajrini koʻrmaydi.

📝 Xulosa: Namozdagi xushuʻ juda ta'kidlangan sunnatdir. Kimning namozida vasvasa koʻproq gʻolib kelsa, u ulkan xatar ostidadir."
[Bulugʻul Marom sharhi]

@XosDars tarqating
Telegram
XosDars
Marhamat, tolibi ilm va oxirat g'amidagilar uchun foydali ilm. Manbani ko‘rsatib oling!
August 11, 2026 256 1