XosDars: post #4046 — TG.ME

«Paygʻambar sollallohu alayhi va sallamning hukmlari tenglikda dinni asli va kamoli jihatidan eʼtibor qilishlaridir. Muslima kofirga berilmaydi, afifa fojirga berilmaydi. Qurʼon va Sunnat tenglikda bundan boshqa narsani eʼtiborga olmadi. U muslimani iflos zinokorga nikohlanishini harom qildi. Nasabni (arab yoki ajamlikni), hunarni, boylikni, hurriyatni tenglikda eʼtiborga olmadi. Agar qul afif musulmon boʻlsa, Islom unga ozod, nasabli, moldor ayolga uylanishga ruxsat berdi. Qurayshlik boʻlmaganlarga qurayshlik ayollarga uylanishga, hoshimiy boʻlmaganlarga hoshimiyya ayollarga uylanishga, faqirlar uchun badavlat ayollarga uylanishga ruxsat berdi (Zodul Maod: 5/160).
@XosDars ulashing
August 10, 2026 275 2