NIKOHDAGI KAFOAT (TENGLIK)
Bu kelishmovchilik va janjal ildizidan biri. Ammo istixora qilasiz. Alloh koʻngilingizga solsa, ma'siyat boʻlmagan oʻrinda ma'ruf-yaxshilik ustida yashayverasiz, vallohu a'lam.
Kafoat yoki kufʼlik lugʻatda tenglik, barobarlik maʼnosini bildiradi. Bu yerdagi kafoatdan murod — er-xotinning besh narsada teng, bir xil boʻlishidir:
1) Dinda. Fojir va fosiq kimsa afifa ayolga teng boʻlmaydi. Chunki uning guvohligi va qilgan rivoyati oʻtmaydi, bu esa insoniyligidagi nuqsonidir.
2) Nasabda. Ajamiy (yaʼni, arab boʻlmagan kishi) arabiyaga kufʼ boʻlmaydi.
3) Ozodlikda. Qul va qisman ozod boʻlgan qul ozod ayolga kufʼ boʻlmaydi, chunki qullik tufayli nuqsonlidir.
4) Kasb-hunarda. Hajjom (qon oluvchi), toʻquvchi kabi past kasb egasi tojir kabi yuqori kasb egasining qiziga kufʼ emas.
5) Erkak Vojib mahr va nafaqa miqdorida molga ega boʻlish. Qashshoq odam badavlat ayolga kufʼ boʻlmaydi. Chunki uning qashshoqligi tufayli nafaqa bermasligida u ayolga zarar bordir.
Agar er-xotindan biri ushbu beshta ishdan birida bir-biridan farqli boʻlsa, kafoat boʻlmagan boʻladi. Lekin, bu nikohning sahihligiga taʼsir qilmaydi. Chunki nikoh sahih boʻlishi uchun kafoat shart emas.
Paygʻambar sollallohu alayhi va sallam Fotima bint Qays roziyallohu anhoni Usoma ibn Zayd roziyallohu anhuga nikohlanishga buyurganlar, u zotning buyruqlari bilan u Usomaga nikohlangan. Biroq, kafoat nikohning lozim boʻlishi uchun shartdir. Ayol yoki uning valiysi agar rozi boʻlmasa, nikohni buzishga haqli boʻladilar. Chunki bir kishi oʻzining past darajasini shu bilan koʻtarib olish uchun qizini birodarining oʻgʻliga berganida Nabiy sollallohu alayhi va sallam ixtiyorni qizga berganlar.
Shayxulislom Ibn Taymiya rahimahulloh aytadi: «Imom Ahmad aytgan gapning taqozosiga koʻra, kishining kufʼ emasligi maʼlum boʻlsa, ular oʻrtasi ajratib yuboriladi. Valiy ayol kishini kufʼ boʻlmaganga uzatishi mumkin emas. Erkak kishi ham oʻziga kufʼ boʻlmaganga uylanmaydi. Kafoat ayolning mahriga oʻxshagan moliyaviy ishlardan emaski, ayol va uning valiylari istasalar talab qilib, istasalar tark qilsalar. Kafoat eʼtibor qilinishi loyiq boʻlgan ishdir».
[Mulaxxos Fiqhiyya(2)/198-bet]
Davomi bor.
@XosDars ulashing