Toshkent aeroportida navbatdagi bahorgi spotting-tur bo'lib o'tdi
18-aprel kuni Toshkent xalqaro aeroportida an’anaviy tadbir — “Uzbekistan Airports” kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan o‘ninchi rasmiy spotting-tur bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekistonning turli shaharlaridan, shuningdek, Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Avstraliya va Turkiyadan 70 ga yaqin aviaspotterlar ishtirok etdi. Hammasi bo'lib 200 dan ortiq ariza topshirildi.
Airspotterlar "Silk Avia", "Uzbekistan Airways", "Centum Air", "MyFreighter", "Loong Air", "Air Astana", "FlyDubai", "Utair", "Qanot Sharq", "Ural Airlines", "Aeroflot", "S7", "Fly One Asia", "FlyKhiva", "SpaceBee", "Qatar Airways" va boshqa yoʻlovchi hamda yuk tashuvchi aviakompaniyalarning uchish va qoʻnishlarini suratga oldilar.
Anketalarni ko'rib chiqishda, avvalgi bosqichlarda bo'lgani kabi, bir nechta mezonlar — aviatsiya mavzulariga bag'ishlangan shaxsiy veb-sayt, blog yoki ijtimoiy media akkaunti mavjudligi, professional foto texnika, shuningdek, ixtisoslashtirilgan veb-resurslardagi nashrlar inobatga olindi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda ilk rasmiy aviaspotting 2021-yil 22-oktabrda boʻlib oʻtgan va bu hodisa Oʻzbekistonda rasmiy spottingning boshlab bergan edi. Shuningdek, 2022-yil 26-yanvarda Vazirlar Mahkamasining “Aviaspottingni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan bo‘lib, unda spotting-turlarni doimiy ravishda o‘tkazish nazarda tutilgan.
Web-site | Facebook | Instagram | Telegram | X | IOS/Android