RUS FILOLOGIYASI FAKULTETIDA 1-KURS TALABALARI KUTIB OLINDI… — O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ — TG.ME

🟦🟦🟦

RUS FILOLOGIYASI FAKULTETIDA 1-KURS TALABALARI KUTIB OLINDI

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Rus filologiyasi fakultetida 2026/2027-o‘quv yilida tahsil olish uchun qabul qilingan 1-kurs talabalarini tantanali kutib olish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni universitetning O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Muhammadjon Chutpulatov ochib berib, yangi talabalarni universitet jamoasiga qo‘shilganlari bilan samimiy muborakbod etdi. Talabalarga yangi o‘quv yilida muvaffaqiyat, ilmiy va ijodiy faoliyatlarida ulkan zafarlar tiladi.

Tadbirda Rus filologiyasi fakulteti dekani Raxmonov Azizxon Bositovich ham ishtirok etib, yoshlarni talabalik davrining boshlanishi bilan qutladi. Fakultet dekani ta’lim jarayoni, yaratilgan sharoitlar, talabalar uchun mavjud imkoniyatlar hamda universitet hayotida faol ishtirok etishning ahamiyati haqida ma’lumot berdi.

Uchrashuv davomida 1-kurs talabalari universitetning ichki tartib-qoidalari, ta’lim jarayoni, fakultet faoliyati va talabalik hayotiga oid muhim ma’lumotlar bilan tanishtirildi.

Tadbirning muhim qismida universitetga eng yuqori ball bilan qabul qilingan talabalar alohida e’tirof etilib, ularga tashakkurnomalar topshirildi.

📚 “Ma’rifat darsi”

Yangi o‘quv yilining ilk kunida 1-kurs talabalari uchun “Kelajak soati”ning 1-mavzusi — “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusida “Ma’rifat darsi” tashkil etildi.

Dars davomida talabalarga mustaqillikning mazmun-mohiyati, mamlakatimiz taraqqiyoti, yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va kelajak oldidagi mas’uliyati haqida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Yoshlarni vatanparvarlik, ma’rifatparvarlik, mas’uliyat va faol fuqarolik pozitsiyasi ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratildi.

Aziz talabalar, yangi boshlangan talabalik davringiz muborak bo‘lsin! Sizlarga bilim olish, izlanish va yuksak maqsadlar sari intilish yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
❤9👍1
September 7, 2026 2.4K 1 4