🏆 “REKTOR STIPENDIYASI” TANLOVI E’LON QILINADI!
Iqtidorli, bilimli, ilmiy izlanishga intiluvchan hamda universitet hayotida faol ishtirok etayotgan talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Rektor stipendiyasi” tanlovi o‘tkaziladi.
👨🎓 TANLOVDA KIMLAR ISHTIROK ETISHI MUMKIN?
✅ Bakalavriatning 2-, 3- va 4-kurs talabalari
✅ Magistraturaning 2-kurs talabalari
⭐️ NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN ASOSIY TALABLAR:
🔹 O‘quv jarayonida yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lish;
🔹 Mutaxassislik fanlarini asosan “a’lo” baholarga o‘zlashtirgan bo‘lish;
🔹 Universitet hayoti, klub va jamoat ishlarida hamda volontyorlik faoliyatida faol ishtirok etish;
🔹 Ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanish, ilmiy maqola va tezislarga ega bo‘lish;
🔹 Ilmiy jurnallar, konferensiyalar va turli tanlovlarda faol qatnashish;
🔹 O‘zbekiston tarixini bilish;
🔹 Davlat tilini mukammal bilish;
🔹 O‘rganilayotgan xorijiy til bo‘yicha kamida C1 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lish.
📁 FAKULTET BOSQICHIDA TAQDIM ETILADIGAN HUJJATLAR:
1️⃣ Pasport yoki ID-karta nusxasi;
2️⃣ Akademik transkriptdan tasdiqlangan ko‘chirma;
3️⃣ Ilmiy rahbar faoliyat yuritayotgan kafedra bayonnomasi;
4️⃣ Ilmiy (ijodiy ish) rahbarining fikr-mulohazasi;
5️⃣ Dekanat tomonidan tasdiqlangan ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning tegishli nusxalari;
6️⃣ Xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat.
🏆 TANLOV BOSQICHLARI VA MUDDATLARI:
🥇 1-bosqich — Fakultet bosqichi
📅 2026-yil 14-sentabrdan 17-sentabrgacha
🥈 2-bosqich — Universitet bosqichi
📅 2026-yil 21-sentabrdan 23-sentabrgacha
📝 Universitet bosqichida nomzodlar 2 ta fandan imtihon topshiradilar:
🇺🇿 O‘zbekiston tarixi — 80 daqiqa, 100 ballik tizimda.
✍️ Davlat tilida insho yozish — 60 daqiqa, 100 ballik tizimda.
💰 STIPENDIYA MIQDORI
🏅 “Rektor stipendiyasi” miqdori oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun belgilangan bazaviy stipendiyaning 2 barobari miqdorida bo‘lib, o‘quv yili davomida har oy to‘lab boriladi.
⚠️ ESLATMA!
Joriy o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, nomli Davlat stipendiyalari yoki “Aleksandr Fanberg” nomli maxsus stipendiya sohibi bo‘lgan talabalar “Rektor stipendiyasi” tanlovida ishtirok eta olmaydi.
📣 BILIMINGIZ, ILMIY SALOHIYATINGIZ VA FAOLLIGINGIZNI NAMOYON ETING!

