Bugun Urganch davlat pedagogika instituti rektori v.b. Diyorjon Abdullayev ishtirokida Filologiya fakulteti talabalari hamda ularning ota-onalari uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Mazkur sayyor qabuldan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarning ta'lim olish jarayonidagi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ota-onalar bilan yaqin hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda bildirilgan taklif va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.
Har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, amaldagi qonunchilik va belgilangan tartiblar asosida batafsil tushuntirishlar berildi. Joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar ijobiy yechim topdi, mas'ul mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati









