Bugun Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida yangi o‘quv yili oldidan jamoamiz hamjihatligini mustahkamlash, ezgu niyatlar va shukronalik ramzi sifatida fayzli ehson dasturxoni yozildi.
Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar, faxriy ustozlar hamda mehmonlar ishtirok etdi.
Dasturxon atrofida samimiy suhbatlar qurilib, yurtimiz osoyishtaligi, xonadonlarimiz farovonligi, universitetimiz rivoji va yangi o‘quv yilining muvaffaqiyatli boshlanishi uchun ezgu duolar qilindi.
Bunday xayrli tadbirlar jamoamiz o‘rtasidagi ahillik, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.












